Jamiyat
Samarqand shahri dunyo taniydigan megapolisga, xalqaro turizm va biznes markaziga aylantiriladi. Bu jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilgan 2023 yilgi davlat dasturi loyihasida koʻzda tutilgan.
Unga koʻra, Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT)ga aʼzo davlatlar elchilari bilan sayyohlarni olib kelish choralari koʻriladi.
Bunda:
– Qirgʻizistondan — 176 ming;
– Qozogʻistondan — 190 ming;
– Pokistondan — 29,4 ming;
– Rossiyadan — 88,2 ming;
– Tojikistondan — 176 ming;
– Hindistondan — 22 ming;
– Xitoydan — 15 mingga yaqin;
– Erondan 22 ming nafar sayyohlar jalb qilinadi.
Shuningdek, Samarqand shahar Beruniy koʻchasi 1-uyda joylashgan madaniy meros obyekti qayta taʼmirlanib, uning negizida “Ipak yoʻli” sanʼat galereyasi tashkil etiladi. Samarqand shahar Mahmud Qoshgʻariy koʻchasi 85A uyda joylashgan madaniy meros obyekti rekonstruksiya qilinib, uning negizida “Art rezidensiya” tashkil qilinadi.
Davlat dasturi loyihasiga koʻra, Samarqand viloyati hokimligi, Tashqi ishlar vazirligi, Madaniyat va turizm vazirligi, Transport vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xizmat vazirligi topshiriqlar ijrosi uchun masʼul etib belgilangan.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q