Jamiyat
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urganch shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovda qadar tekshiruvda, “B.M.” MChJ rahbari B.J. va boshqalar tijorat banki filialidan ajratilgan kredit evaziga xarid qilingan tibbiyot uskunalarini boshqa shaxslarga sotib yuborib, jami 5,8 mlrd. soʻm kredit mablagʻini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Urganch shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “K.H.” MChJ rahbari A.S. hududiy tijorat banki filialidan koʻp qavatli uy-joy qurish uchun ajratilgan 4,5 mlrd. soʻm kredit evaziga garovga qoʻyilgan 3 ta xonadon hamda maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchasini boshqa shaxslarga sotib yuborib, kredit mablagʻini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligi aniqlangan.
Maʼlum qilinishicha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
109779
Jamiyat
94153
Jamiyat
89959
Jamiyat
73151
Jamiyat
//
Izoh yo‘q