Jamiyat
Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining navbatdagi hisobotiga koʻra, Yer yuzida mpox (maymun chechagi) epidemiyasi boshlangandan buyon ushbu kasallikni yuqtirganlar soni 85 ming nafardan oshdi. Ulardan 92 nafari xastalik oqibatida hayotdan koʻz yumdi.
Xususan, soʻnggi toʻrt hafta ichida maymun chechagi qayd etilgani yuzasidan 30 ta mamlakat hisobot taqdim etgan.
Umuman, epidemiya davridagi jami bemorlarning 90 foizi Janubiy va Shimoliy Amerika qitʼalarida yashovchi aholi vakillaridir. Qolgan holatlarning aksariyati Yevropa davlatlarida roʻyxatga olingan.
Dunyodagi epidemiologik vaziyatni hisobga olib, JSST oʻtgan yil 23-iyulda mpox virusini pandemiya deb eʼlon qilgandi. Ammo keyingi paytlarda kasallanish holatlari sezilarli darajada pasaymoqda.
Shu bois tashkilot rahbari Tedros Gebreyesus maymun chechagi pandemiyasini bekor qilish masalasini koʻrib chiqish taklifini oʻrtaga tashladi.
Eslatib oʻtamiz, mpox virusi alomatlari asosan isitma, umumiy intoksikatsiya va tanada toshmalar bilan namoyon boʻlyapti.
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
109779
Jamiyat
94153
Jamiyat
89959
Jamiyat
73151
Jamiyat
//
Izoh yo‘q