O‘zbekiston va Qirg‘izistonni bog‘lovchi biryo‘la ikkita tunnel topildi

Saqlash
15:55 / 10.02.2023 1861 0

Joriy yilning 3 va 9-fevral kunlari O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi tomonidan tezkor tadbirlar olib borilgan.

 

Unda ma’lum bo‘lishicha, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘sh viloyati, Qora-Suu tumani hududidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani hududiga olib kiruvchi, har birining eni 60 sm, balandligi 1,5 metr, uzunligi taxminan 150-200 metrli ikkita yer osti yo‘llari mavjudligi aniqlandi.

 

Hozirgi vaqtda, ushbu holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining 223-moddasi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//