“Bu dunyoda oʻlib boʻlmaydi” – Togʻay Murod tavalludining 75 yilligiga bagʻishlangan tadbir oʻtkazildi

Saqlash
17:05 / 09.02.2023 2672 0

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Surxondaryo viloyat boʻlimi tashabbusi bilan Oltinsoy tuman hokimligi hamkorligida tumandagi Togʻay Murod mahallasida Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Togʻay Murod hayoti va ijodiga bagʻishlangan “Bu dunyoda oʻlib boʻlmaydi” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

 

 

Tadbirda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boʻlimi, tuman hokimi, tuman Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi vakillari, sektorlar rahbarlari, ijodkorlar, oʻquvchi-yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari hamda ZOOM platformasi orqali Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Togʻay Murodning turmush oʻrtogʻi Maʼsuma Ahmedova onlayn qatnashdi.

 

 

Tadbirda soʻz olganlar yozuvchining hayoti, ijodi, asarlarida milliy qahramonlar va dunyoqarash, maʼnaviyat hamda qadriyatlarga doir dolzarb mavzu-muammolarni koʻtarib chiqilgani haqida soʻz yuritdi.

 

Oʻquvchi-yoshlar tomonidan esa adibning asarlari asosida sahnalashtirilgan koʻrinishlar va milliy kuy-qoʻshiqlar ijro etildi.

 

 

Yakunda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boʻlimi tomonidan faol ishtirokchilarga tashakkurnoma va badiiy kitoblar topshirildi.

 

“Togʻay Murodning yodi xalqimiz xotirasida mangu yashaydi. Yozuvchining xalqimiz koʻnglidan joy olgan betakror asarlari yosh avlod qalbida Vatanga sadoqat, yurtga muhabbat tuygʻusini shakllantirishda hamda keng kitobxonlarning mutolaaga boʻlgan ehtiyojini qondirishda tuganmas xazina boʻlib xizmat qilmoqda”, — deydi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boʻlimi rahbari Nargiza Rahmatullayeva.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//