Siyosat
Davlat xizmatiga ishga qabul qilish va unda faoliyat olib borishda qarindosh-urugʻchilik (nepotizm) kabi korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarning oldini olish, bunday holatlarga yoʻl qoʻyganlik uchun javobgarlikni belgilashni nazarda tutuvchi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi.
Qonun loyihasiga koʻra, oʻzaro yaqin qarindosh (toʻgʻri shajara) yoki quda-anda boʻlgan shaxslarning (katta bobo-buvilar, bobo-buvilar, ota-onalar, oʻgʻil va qizlar, nevara va evaralar, er-xotinlar, shuningdek er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va bolalari), basharti ulardan biri ikkinchisiga bevosita boʻysunib yoki uning nazorati ostida xizmat qiladigan boʻlsa, bir davlat korxonasi va uning tarkibidagi tuzilmalarda birga xizmat qilishlari taqiqlanadi.
Oʻzaro qarindoshlar (yon shajara)ning (aka-uka, opa-singil, ularning bolalari, ota-onaning aka-uka va opa-singillari hamda ularning bolalari, bobo va buvilarning aka-uka hamda opa-singillari va ularning bolalari hamda shunga oʻxshashlar), bir davlat tashkiloti va uning tarkibidagi tuzilmalar biri ikkinchisiga bevosita boʻysinuvida yoki uning nazorati ostida boʻlganda xizmat qilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Davlat xizmatchisi oʻzaro qarindoshlik rishtalariga ega boʻlgan shaxs bilan xizmat qilayotganligi oʻziga maʼlum boʻlgan vaqtdan boshlab 10 kun muddat ichida davlat tashkiloti rahbariga bu haqida xabar berishi lozim.
Bu haqda xabar bermaslik bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q