Jamiyat
AQShning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Jonatan Henik 9 fevral – buyuk mutafakkir va shoir Alisher Navoiy tavalludi kuni munosabati bilan o‘zbek tilida qutlov yo‘lladi.
«Alisher Navoiy tug‘ilgan kun munosabati bilan butun dunyodagi, ayniqsa, O‘zbekistondagi barcha she’riyat muxlislarini chin dildan tabriklayman», – dedi diplomat.
Ulug‘ shoirning nazmiy asarlari dunyo tillari, xususan, inglizcha ham tarjima qilingan. Navoiy g‘azallari va shoira Tursunoy Sodiqovaning «Navoiy gulshani» risolasi jamlangan «Without You» («Sensiz») to‘plami AQShda taniqli mutarjim A’zam Obid tarjimasida chop etilgan edi.
Jonatan Henik Alisher Navoiy o‘z asarlarini ko‘proq o‘quvchi mutolaa qilishini orzu qilganini qayd etar ekan, ingliz tilidagi tarjimalarni alohida tilga oldi.
«Men hazrat Navoiy merosini ulug‘layman va kelajakda uning boy merosiga bo‘lgan e’tibor yanada ortadi deb umid qilaman», – dedi AQSh elchisi.
Diplomat o‘z qutlovini Navoiyning «Shuhratin olam ichra paydo qil, / Olam ahlin alarg‘a shaydo qil» bayti bilan yakunlagan.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q