Toshkentga 1-aprelgacha qoʻshimcha mingta avtobus olib kelinadi

Saqlash
16:04 / 09.02.2023 1082 0

Shavkat Mirziyoyev 8-fevral, chorshanba kuni poytaxt jamoatchilik vakillari va mutasaddilar ishtirokida yigʻilish oʻtkazdi. Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, mazkur yigʻilishda Toshkent jamoat transporti sohasida olib borilayotgan va rejalashtirilgan ishlarga toʻxtalib oʻtildi.

 

Toshkentga 1 aprelgacha qoʻshimcha mingta avtobus olib kelinadi

 

“Mana, bugun yangi metro stansiyalarini borib koʻrdik. Yangi liniyada jami 7 ta stansiya ishga tushganidan keyin metroda kunlik yoʻlovchilar soni 1 millionga chiqadi”, — dedi davlat rahbari.

 

Shuningdek, shaharda tirbandlikni qisqartirish, odamlarning uzogʻini yaqin qilishga qaratilgan bu ishlar davom ettirilishi taʼkidlandi. Jumladan:

 

– 1-aprelga qadar qoʻshimcha 1 mingta avtobus olib kelinadi;

– 25 ta koʻchada avtobuslar uchun alohida yoʻlaklar tashkil etiladi;

– yil yakunigacha 233 ta chorrahadagi svetoforlarni yoʻlovchi oqimiga qarab boshqarish tizimi joriy qilinadi;

– 20 ta oqim yuqori koʻchalarda xususiy sheriklik asosida jami 10 ming oʻrinli parkomatlar tashkil qilinadi;

– Chilonzor, Yunusobod va Yashnobod tumanlaridagi shaharga olib kiruvchi 6 ta metro bekati atrofida avtoturargohlar tashkil qilinib, tayyor biznes sifatida auksionga chiqariladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//