Markaziy va Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlariga yangi qo‘mondonlar tayinlandi

Saqlash
14:02 / 08.02.2023 1329 0

O‘zbekiston prezidentining tegishli farmoyishi bilan Markaziy va Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlariga yangi qo‘mondonlar tayinlandi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

 

General-mayor Aybek Saidov Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni etib tayinlandi. U 2017-yil oktabrdan beri ushbu lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

 

марказий harbiy okrug, мудофаа vazirligi, шарқий harbiy okrug
Foto: Mudofaa vazirligi

 

Polkovnik Farrux Ziyabayev Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni etib tayinlandi. U tayinlovga qadar O‘zbekiston Qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

 

марказий harbiy okrug, мудофаа vazirligi, шарқий harbiy okrug
Foto: Mudofaa vazirligi

 

Shuningdek, polkovnik Lutfullo Buzrukov Qurolli Kuchlar bosh shtabi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U 2018-yil yanvardan beri Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimida ishlab kelayotgandi.

 

марказий harbiy okrug, мудофаа vazirligi, шарқий harbiy okrug
Foto: Mudofaa vazirligi

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish