Jamiyat
Turkiyaning janubi-sharqiy viloyatlarida ro‘y bergan kuchli zilzila oqibatida talafot ko‘rgan hududlarga O‘zbekistondan insonparvarlik yordami yuboriladi.
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda “Yoshlar — kelajagimiz” jamg’armasi tomonidan turk xalqiga O‘zbekistondagi ikki davlat ishbilarmonlari UTID, TOBB ETÜ TASHKENT, DEIK, MUSAID nomidan insonparvarlik yordami yuborilishi tashkil qilinmoqda.
Turkiyaga yuboriladigan insonparvarlik yordami uchun zarur mahsulotlar ro‘yxatiga bolalar va kattalar uchun qishki kiyimlar, chodir, yotoq, isitish vositalari, generatorlar, chidamli oziq-ovqat konservalari, chaqaloqlar bo‘tqasi va tagliklari, tozalash va gigiyena vositalari kiritilgan.
Gumanitar yordam berish istagida bo‘lganlar Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur ko`chasi 30-uy Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti texnoparki manziliga tashrif buyurishlari mumkin (joylashuv).
Yuboriladigan zarur mahsulotlar 8-fevraldan boshlab har kuni soat 10:00 dan 20:00 ga qadar qabul qilinadi.
Batafsil ma’lumot uchun telefon: (+99878) 150 60 06. Qisqa raqam: 1094
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
1 Izoh
Кодирова Угилхон Сотиболдиевна
12:01 / 01.01.1970
Assalomu aleykum biz maktabimiz jamoasi pul jamg'armaga junatmoqchimiz qanday amalga oshiramiz