Orol qurigan tubida 100 ming gektar maydonda «yashil qoplamalar» barpo etiladi

Saqlash
17:15 / 08.02.2023 988 0

Orol dengizining suvi qurigan tubida 2023-yilda 100 ming gektar maydonda «yashil qoplamalar» - himoya o‘rmonzorlari barpo etiladi, buning uchun 25 mlrd so‘m yo‘naltiriladi. Bu haqda O‘rmon xo‘jaligi agentligi axborot xizmati rahbari Otabek Ashurov ma’lum qildi.

 

Jami 590,3 tonna, shundan 391 tonna cho‘l o‘simliklarining urug‘lari jamg‘arilgan, 100 gektar saksovul va boshqa cho‘l o‘simliklaridan niholxonalar tashkil etilgan, 635 nafar ishchi-xodim, 250 dona yuqori unumli traktor va 2 dona kichik aviatsiya (AN-2) jalb etilgan

 

Ushbu barpo etilgan «yashil qoplamalar» soha olimlari tomonidan doimiy monitoring qilinib, cho‘l o‘simliklarining ko‘karishi bo‘yicha yaxshi natijalarga erishilmoqda, deyiladi ma’lumotda.

 

Ma’lum qilinishicha, Orol dengizining qurigan tubida 2022-yilda 107 ming gektar maydonda saksovul va boshqa cho‘l o‘simliklaridan «yashil qoplamalar» barpo etilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//