Jamiyat
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qiziriq tuman bo`limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “G`.T.” MChJ rahbari G’.Q. “X.” mahallasida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag`allikni qisqartirish bo‘yicha hokim yordamchisi Sh.J. bilan o‘zaro til biriktirib, ushbu mahallada yashovchi 5 nafar fuqaroga ajratilgan 132 mln so‘m kredit evaziga mahsulotlar etkazib berganligi haqida soxta hujjatlarni rasmiylashtirib, 3 nafar fuqaroga 12,5 mln so‘mni naqdlashtirib berib, qolgan 105,8 mln so‘mni o‘zlarining shaxsiy ehtiyojlarga ishlatib yuborganligi aniqlangan.
Shuningdek, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “S.P.” MChJ mas’ul shaxslari tabiiy toshlarni maydalash va beton qorish uskunasini xarid qilish uchun tijorat banki filialidan 280 000 AQSh dollari miqdorida kredit olishga erishib, keyinchalik garovga qo‘yilgan ushbu uskunalarni sotib yuborib, kredit mablag’ini o‘zlashtirganligi aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Yakkasaroy tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “V.W.” va “G.L.” MChJ mas’ul shaxslari “V.W.” MChJga yuk avtotransport vositalarini xarid qilish uchun hududiy tijorat banki filialidan 165 000 AQSh dollari miqdorida kredit ajratilishiga erishib, avtotransport vositalarini sotib olmasdan, hujjatlarni soxtalashtirish orqali 1,4 mlrd so‘m kredit mablag`ini “G.L.” MChJga o‘tkazib olib talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 209-moddasi (mansab soxtakorligi) va 233-moddasi (band solingan mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg’atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q