Jamiyat
8−9-fevral, chorshanba va payshanba kunlari A-373 «Toshkent — O‘sh» avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tgan qismida qor yog‘ishi, vaqti-vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik, tuman kuzatilishi, ko‘rinuvchanlik 50 metrgacha pasayishi kutilmoqda, deya xabar berdi «O‘zgidromet» matbuot xizmati.
Bundan tashqari, dovonda shamol tezligi 15−20 m/s gacha kuchayishi, avtoyo‘lda yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelishi mumkin.
8−13 fevral kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik va havo haroratining sezilarli o‘zgarishi munosabati bilan O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor ko‘chkisi xavfi e’lon qilindi:
– Qashqadaryo viloyatida: Kitob va Shahrisabz tumanlarida;
– Surxondaryo viloyatida: Qumqo‘rg‘on, Sariyosi, Uzun va Boysun tumanlarida;
– Samarqand viloyatida: Samarqand va Urgut tumanlarida;
– Jizzax viloyatida: Zomin va Baxmal tumanlarida;
– Toshkent viloyatida: Parkent, Ohangaron, Bo‘stonliq tumanlari va Chimyon trakti bo‘ylab;
– Namangan viloyatida: Pop tumanida;
– Farg‘ona viloyatida: So‘x va Farg‘ona tumanlarida.
Eslatib o‘tamiz, O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, payshanba kuni O‘zbekiston hududiga sovuq antitsiklon oqimi kirib keladi, butun mamlakat bo‘ylab yog‘ingarchilik kutilmoqda — yomg‘ir qorga aylanadi. Havo harorati kechasi -12, kunduzi -2 darajagacha tushadi.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q