Jamiyat
Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti oʻz oldiga 2023-yil davomida mamlakatda sodir boʻlayotgan yoʻl-transport hodisalari va ulardagi oʻlim holatlarini kamida 15 foizga kamaytirish vazifasini qoʻydi. Bu haqda departament boshligʻi, ichki ishlar vaziri oʻrinbosari Bekmurod Abdullayev boshchiligida oʻtkazilgan yigʻilishda soʻz bordi, deb yozadi “Gazeta.uz” nashri.
YHXX maʼlum qilishicha, 2022-yil davomida respublika hududida jami 9902 YTH sodir etilgan boʻlib, 2086 ta oʻlim bilan bogʻliq holatlarda 2356 nafar fuqarolar vafot etgan. Hodisalarning 7816 tasi tan jarohati bilan bogʻliq holatlarni tashkil etdi. Ularda 9606 nafar fuqarolar jarohatlangan.
YTHlar soni 2022-yilda oʻtgan 2021-yilga (10 001) nisbatan 99 taga yoki 1 foizga, oʻlim bilan bogʻliq holatlar (2021-yilda 2197 ta) 111 taga yoki 5,1 foizga, vafot etganlar (2021-yilda 2426 ta) 70 nafarga yoki 2,9 foizga kamaygan boʻlsa, tan jarohati bilan bogʻliq holatlar (2021-yilda 7804) 12 taga yoki 0,2 foizga, jarohatlanganlar esa (2021-yilda 9230) 376 nafarga yoki 3,9 foizga ortgan.
Oʻtgan yili har 100 ming aholiga 27,5 ta, har 10 ming avtomashinaga 23,7 ta YTH toʻgʻri kelgan. Har 100 000 aholiga nisbatan oʻlim bilan bogʻliq YTHlar soni 5,8 tani, 10 000 ta transport vositasiga 5 tani, jarohatlar bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar soni 100 000 aholiga 20,7 tani, 10 000 ta transport vositalariga 24,4 tani tashkil etdi.
Yil boshida roʻyxatga olingan transport vositalari soni 4 186 521 donaga yetdi yoki 2022-yil boshiga nisbatan 364 652 donaga koʻpaydi.
Yoʻl-transport hodisalarida halok boʻlganlarning katta qismi — 91,7 foizi yoki 2161 nafari xavfsizlik kamarini taqmagan boʻlgan, 8,3 foizi yoki YTH oqibatida halok boʻlganlarning 195 nafari xavfsizlik kamarini taqqan. Yoʻl-transport hodisalarida jabrlanganlarning 66,9 foizi, yaʼni 6426 nafari xavfsizlik kamarini taqmagan boʻlgan, 33,1 foizi yoki 3180 nafari xavfsizlik kamarini taqqan boʻlgan.
YTHlar turlari boʻyicha eng koʻp — 44,9 foizi yoki 4449 tasi piyodalar bilan bogʻliq, 31,2 foizi yoki 3093 tasi avtomashinalar, 11,5 foizi yoki 1136 tasi velosipedlar ishtirokida sodir boʻlgan. YTHlarning 4,7 foizi yoki 467 tasida avtomobillar agʻdarilgan, 4,3 foizi yoki 428 tasi toʻsiqlar bilan toʻqnashgan, 1,1 foizi yoki 105 tasi toʻxtab turgan transport vositalari bilan toʻqnashgan va 2,3 foizi yoki 224 tasi boshqa vaziyatlar bilan bogʻliq.
Eng koʻp YTHlar — 76,1 foizi yoki 7370 tasi yengil avtomobillar ishtirokida sodir boʻlgan. YTHlarning 11,5 foiz yoki 1136 tasi velosipedlar bilan, 9 foizi yoki 1047 tasi yuk mashinalari bilan, 1,4 foizi yoki 142 tasi mototsikllar bilan, 1,4 foizi yoki 141 tasi avtobuslar bilan, 0,4 foizi yoki 43 tasi ot aravalari bilan, 0,2 foizi yoki 23 tasi skuterlar bilan sodir etilgan.
YTHlarning kelib chiqish sababi obyektiv va subyektiv oʻrganildi. Obyektiv sabablarga koʻra, YTHlar 1017 ta holatda (10,3 foiz) piyodalar oʻtish joyi tashkil etilmagani, 1302 ta holatda (13,1 foiz) yoʻlni ikkiga ajratuvchi toʻsiqlar oʻrnatilmagani, 1154 ta holatda (11,6 foiz) piyodalar harakatini cheklovchi toʻsiqlar oʻrnatilmagani, 408 holatda (4,1 foiz) yoʻl qoplamasi nosozligi, 342 ta holatda (3,5 foiz) veloyoʻlaklar tashkil etilmagani, 214 ta holatda (2,2 foiz) svetofor yoki yoʻl belgisi oʻrnatilmagani, 322 tasi (3,3 foizi) esa boshqa sabablar tufayli sodir boʻlgan.
Subyektiv sabablarga koʻra esa YTHlar 1507 ta holatda (15,8 foiz) belgilangan tezlik meʼyoriga amal qilmaslik, 1046 ta holatda (10,6) haydovchining tajribasizligi, 845 ta holatda (8,5 foiz) svetofor va yoʻl belgisi talabiga rioya qilmaslik, 493 ta holatda (5 foizi) transport vositasini haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlmasdan boshqarish, 299 ta holatda (3 foiz) mast holatda boshqarish, 540 ta holatda (5,5 foiz) esa boshqa subyektiv sabablar tufayli sodir boʻlgan.
YHXXning qayd etishicha, Fargʻona, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yoʻl-transport hodisalari soni ortgan.
Jamiyat
Jahon
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q