Sport
Turkiyaning Kaxramanmarash shahridagi xalqaro musobaqada ishtirok etgan erkin kurash boʻyicha Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi Anqara shahriga olib kelindi, deya xabar bermoqda Milliy olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati.
Oʻzbekiston Respublikasining Turkiyadagi elchixonasi koʻmagi bilan jarayon muvaffaqiyatli oʻtkazildi.
Hozirda barcha hamyurtlarimizning salomatligi yaxshi. Rejaga muvofiq, ular dastavval Turkiya poytaxtidan Istanbul shahriga yoʻl olishadi va u yerdan Toshkentga qaytib kelishadi.
Xabarda aytilishicha, kecha Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi bosh kotibi Shuhrat Mamadaliyev Dilshod Mansurov bosh murabbiyligidagi yoshlar terma jamoasini mamlakatimizga olib kelish uchun Istanbulga joʻnab ketgan edi.
Bugun, 7-fevral kuni sportchi va murabbiylarimiz Toshkentga qaytib kelishadi.
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
111407
Jamiyat
94594
Jamiyat
90558
Jamiyat
74901
Jamiyat
//
Izoh yo‘q