Siyosat
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov va Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovga tabrik yoʻlladi.
«Oʻzbek va turkman xalqlari tarixidagi muhim va qutlugʻ sana – davlatlarimiz oʻrtasida diplomatik aloqalar oʻrnatilganining 30 yilligi munosabati bilan Siz, Janobi Oliylariga samimiy tabriklarim va ezgu tilaklarimni yoʻllashdan behad mamnunman.
Turkmaniston biz uchun koʻp asrlik yaqin doʻst va ahil qoʻshni, umumiy madaniy anʼanalar, oʻxshash til va urf-odatlarga ega boʻlgan hamda davr sinovlaridan oʻtgan ishonchli sherikdir.
Ikki davlatning istiqlol yillarida bosib oʻtgan yoʻllariga nazar tashlar ekanmiz shuni alohida taʼkidlash oʻrinliki, 30 yil mobaynida mamlakatlarimiz oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlikning mustahkam siyosiy-diplomatik va huquqiy poydevorini yaratishga muvaffaq boʻldik.
Mushtarak siyosiy irodamiz orqali oʻzaro hurmat va bir-birini qoʻllab-quvvatlashga asoslangan strategik sheriklik munosabatlari soʻnggi yillarda sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarilib, amaliy mazmun bilan boyib bormoqda. Oliy darajadagi siyosiy muloqotlar, parlamentlararo va hududlararo aloqalar yanada faollashmoqda.
Savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar hamkorlik hamda suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha Hukumatlararo komissiyalar doirasida ikki tomonlama faoliyatning barcha jabhalari boʻyicha qatʼiy saʼy-harakatlarni amalga oshirmoqdamiz.
Siz bilan 2022-yilda Toshkent, Samarqand va Ashxobod shaharlarida boʻlib oʻtgan doʻstona va sermahsul uchrashuvlarimiz chogʻida koʻp qirrali hamda uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini izchil rivojlantirishdan manfaatdor ekanimizni yana bir bor tasdiqladik», deyiladi tabrikda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
1 Izoh
Акобир
12:01 / 01.01.1970
Ўзбекистон ва Туркманистон ўртасидаги дўстлик алоқалари янги даврга кўтарилди. Президентимиз томонидан олиб борилаётган халқаро алоқалар ўз натижасини кўрсатмай қолмайди.