Oʻzbekistonda kuchli zilzilalar sodir boʻlish ehtimoli mavjud emas – FVV

Saqlash
00:42 / 07.02.2023 1920 0

Favqulodda vaziyatlar vazirligining rasmiy bayonotiga koʻra, Oʻzbekistonda FVV hamda Fanlar akademiyasi hamkorligida Seysmik vaziyatni baholash va kelgusidagi seysmik vaziyatni prognoz qilish boʻyicha Idoralararo ekspert komissiyasi faoliyat yuritadi.

 

Idoralararo ekspert komissiyasi har hafta boʻyicha Respublika va unga chegaradosh hududlarda zilzila sodir boʻlish ehtimolligini kompleks-prognostik kuzatuv natijalariga asosan baholaydi.

 

«Hozirgi kunda zilzilalarni prognoz qilish sohasida seysmometrik, geofizik, magnitometrik va gidrogeoseysmologik kuzatuvlar olib boriladi. Olingan kuzatuv maʼlumotlari natijalariga asosan Idoralararo ekspert komissiyasining 2023-yil 3-fevraldagi 5-sonli bayoni xulosasiga koʻra, Oʻzbekiston va unga chegaradosh hududlarda magnitudasi M≥5 boʻlgan zilzilalar darakchilari aniqlanmagan hamda kuchli zilzilalar sodir boʻlish ehtimoli mavjud emasligi maʼlum qilinadi», – deyilgan vazirlik bayonotida.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//