Jamiyat
“Havo harorati keskin sovib ketishining iqtisodiyotga salbiy taʻsirini kamaytirish uchun tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–43-son, 03.02.2023-y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra, tadbirkorlarning 2023-yil 1-yanvarga nisbatan 1-fevral holatiga oshgan (hosil boʻlgan) soliq qarzini 2023-yil 1-martdan 1-iyulgacha foizlarsiz, qoʻshimcha shartlar qoʻymasdan va taʻminot talab etmasdan teng ulushlarda boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat beriladi.
Tadbirkorlarning soliq qarziga penya hisoblash 2023-yil 1-aprelgacha toʻxtatiladi.
Tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorlik uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlarga 2023-yil 1-aprelgacha jarimalar qoʻllanilmaydi.
Shuningdek, tadbirkorlar 2022-yil dekabr va 2023-yil yanvar-fevral oylarida davlat mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovlarini 2023-yil 1-martdan 1-iyulgacha teng ulushlarda boʻlib-boʻlib toʻlashi mumkin.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q