Hafta yarmidan havo yana soviy boshlaydi

Saqlash
17:39 / 06.02.2023 1155 0

O‘zgidromet xizmati agentligi hafta davomida — 6−10 fevral kunlari kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

 

Dushanba va seshanba kunlari O‘zbekiston hududi iliq havo massasi ta’siri ostida bo‘ladi. Respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat 6 fevralda respublika janubida, 7 fevralda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati 6 fevralda +7…+12 daraja, 7 fevralda +10…+15 daraja, ba’zi joylarda +18 darajagacha bo‘ladi.

 

Chorshanba kuni O‘zbekiston hududiga O‘rta dengiz hududlaridan nam havo kirib kelishi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

 

Havo harorati kechasi +2…+7 daraja, kunduzi +10…+15 daraja atrofida, ba’zi joylarda +17…+20 darajagacha bo‘ladi.

 

9−10 fevralda O‘zbekiston hududiga markazi Rossiyaning Yevropa qismi ustida shakllangan sovuq antitsiklon qismi kirib keladi. Mamlakat bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda kuchli yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin.

 

Havo harorati pasayadi. 9 fevralda respublika hududining katta qismida kechasi va kunduzi +4…9 daraja, 10 fevralda kechasi 0…-5 daraja, kunduzi −2…−3 daraja bo‘ladi. Respublika shimolida harorat kechasi −7…−12 darajagacha, Ustyurtda -15 darajagacha, kunduzi −2…−7 darajagacha pasayadi.

 

7−9 fevral kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 17−22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//