Jamiyat
2023-yil 4-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentiga qarashli 4-sonli tergov hibsxonasida saqlanayotgan mahkum Po‘lat Shamshetov (Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV sobiq xodimi) to‘satdan vafot etgan.
Ma’lumot tariqasida: Sudning hukmi bilan P.Shamshetov Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi bilan aybli deb topilib, 3 yil mansabdorlik lavozimlarida va ichki ishlar tizimida ishlash huquqidan mahrum etilgan va 6 yil ozodlikdan mahrum qilingan.
Hodisa joyi Buxoro viloyati prokurori rahbarligidagi tezkor-tergov guruhi, viloyat IIB boshlig‘i, sud-tibbiy ekspertiza mutaxassislari va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan.
“Mazkur ko‘zdan kechirish jarayonlarida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha (Ombudsman) Buxoro viloyati mintaqaviy vakili, P.Shamshetovning advokati va yaqin qarindoshlarining ham ishtiroki ta’minlandi”, – deyiladi xabarda.
O‘lim sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Sud-tibbiy ekspertizasi ishchi guruhining dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, marhum o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi, o‘tkir yurak-qon tomiri yetishmovchiligi oqibatida vafot etgan.
Hozirda Buxoro shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Madaniyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
110230
Jamiyat
94351
Jamiyat
90231
Jamiyat
73667
Jamiyat
//
Izoh yo‘q