2023-yil uchun birinchi “Tashabbusli budjet” jarayonlariga start berildi

Saqlash
16:05 / 06.02.2023 1306 3

Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2023-yilning dastlabki “Tashabbusli budjet” jarayonlari boshlanganini maʼlum qildi.

 

Fuqarolar 6-fevraldan 26-fevralga qadar oʻz takliflarini “Ochiq budjet” portaliga kiritishlari mumkin. Loyihalarni saralash 26-fevraldan 17-martga qadar, ovoz berish esa 18-martdan 6-aprelgacha davom etadi.

 

Eslatib oʻtamiz, “Tashabbusli budjet”ning ikkinchi mavsumida 9201 ta mahalla (jamiga nisbatan 98%) fuqarolaridan 61 mingdan ortiq loyihalar taklif qilingan. Jarayonda 7 milliondan ortiq ovozlar berilgan. Shundan, 4,3 million ovoz toʻplagan 1418 loyiha gʻolib boʻlgan.

3 Izohlar

АЛИЖОН

12:01 / 01.01.1970

Олтиариқ тумани Усмонобод МФЙ маҳалла фуқаролар йиғинида истиқомат қилувчи хонадонлар аҳолиси ўз томорқаларини шу пайтгача зах сувлар билан суғариб келган. Бунинг натижасида ерларнинг мелиоратив холати ёмонлашиб, шўрлашиш миқдори ортиб борган. Деҳқончиликда хосилдорлик бир мунча пасайиб кетганди. Шу мунасабат билан биз Усмонобод кочасига анча йилар олдин фойдаланиб келинган катта Фарғона каналидан сув тармоғини 3 км нинг рекантруксия килиш ва 500 метирга кайта турба тортиш орқали мазкур муаммони бартараф этиш учин опенбужет маблаглардан самарали фойдаланиш ва ахолини сувга болган ихтийжини бартараф этиш ва Деҳқончиликда хосилдорлик бир мунча яхшиласни истагида шу таклифни киритмокчимиз

Muhammadaziz

12:01 / 01.01.1970

Mahallalarga sport maydonchalari street workout maydonchalari mini stadion kabilar qurishingizni sorayman!

Ortiq

12:01 / 01.01.1970

O'qituvchilarni oyligini toigasiga qarab ko'tarish va o'qituvchilik maqomoni oshirish maktabda tekshirishni kamaytirish maktab qishki mavsummini tubdan yangilash elikyr enirgiyani maktab o'chirmaslik labarotoriya bilan jihozlash

Izoh qoldirish

//