Buxoroda noqonuniy tarzda diniy ta’lim berayotganlar aniqlandi

Saqlash
15:34 / 06.02.2023 1077 0

31-yanvar kuni Buxoro viloyati, Peshku tumanida istiqomat qiluvchi, 1987-y.t., “S.Sh.” va 1990-yilda tugʻilgan “X.B.”lar tomonidan tashkil etilgan “Misvoh” nomli oʻquv markazida arab tilini oʻrgatish bahonasida 9 nafar voyaga yetmagan yoshlar va 19 ta katta yoshdagi shaxslarga qonunga xilof ravishda diniy taʼlim berib kelayotganligi ichki ishlar idoralari tomonidan aniqlangan.

 

Bundan tashqari, 1993-yilda tugʻilgan “T.M.” Internet ijtimoiy tarmoqlarining “Telegram” messenjerida “Muslimalar” nomli virtual guruh tashkil qilib, 8 nafar fuqarolarga onlayn tarzda diniy taʼlim berayotganligi aniqlangan.

 

Oʻtkazilgan surishtiruv tadbirlari jarayonida, “T.M.” rasmiy hujjatlari boʻlmagan holda arab tilini oʻrgatish bahonasida noqonuniy ravishda diniy taʼlim berib kelayotgani aniqlangan.

 

Javobgar shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Oliy sudi tomonidan faoliyati taqiqlangan “Salafiylar” DEO ning gʻoyaviy rahnamolaridan biri boʻlgan “Sodiq Samarqandiy”ning maʼruzalarini ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatib kelganligi ham maʼlum boʻlgan.

 

Shu munosabat bilan, ushbu fuqarolarning xatti-harakatlarida Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 241-moddasida (Diniy taʼlimotdan saboq berish tartibini buzish) koʻzda tutilgan noqonuniy harakatlar mavjudligi aniqlangan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//