Jamiyat
Ma’lum qilinishicha, 2023-yil 31-yanvar kuni Jizzax shahar Sayilgoh ko‘chasida joylashgan xonadonlarning biridan 4 nafar shaxsning murdasi topilgan. Ularning ikki nafari talaba bo‘lgan.
Sud-tibbiy ekspertizaning ma’lumotiga ko‘ra, marhumlarning o‘limiga is gazidan zaharlanish sabab bo‘lgani ko‘rsatilgan.
Mutaxassislarning birlamchi ma’lumotiga ko‘ra, hodisa sodir bo‘lgan xonadonga o‘rnatilgan isitish tizimi tabiiy gazdan foydalanish va yong‘in xavfsizligi qoidalariga zid ekani ko‘rsatilgan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 207-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Madaniyat
112392
Jamiyat
95053
Jamiyat
91257
Jamiyat
75962
Jamiyat
//
Izoh yo‘q