Namangandan Qoraxoniylar davriga oid Damashq qilichlari va devoriy suratlar topildi (foto)

Saqlash
15:47 / 03.02.2023 3028 0

Namangandagi Axsikent shahar xarobasidan noyob tangalar, Qoraxoniylar davriga oid devoriy suratlar va ming yillik Damashq qilichlari topildi, deb yozadi viloyat hokimligi matbuot xizmati.

 

 

Xabarga koʻra, National Geographic Axsikentda tayyorlangan Damashq qilichlari, Shahristonning oltin darvozasi, noyob tangalar va Axsikent yodgorligidan topilgan Afrosiyob hamda Varaxshadagi kabi Qoraxoniylar davriga oid devoriy suratlar haqida turkum koʻrsatuvlar tasvirga oladi.

 

Xorijlik ekspertlar ming yil avvalgi qilichlar topilganidan hayratdaligini taʼkidlamoqda.

 

“Ming yil avvalgi mashhur qilichlar topilgani va ularning vatani aynan Axsikent ekani bizni hayratlantirmay qoʻymaydi. Xitoy manbalarida Axsikent shahristoni darvozalari oltindan bunyod etilgani haqida yozilgan. Mahalliy aholi oʻrtasida ushbu darvoza Sirdaryo tubida qolib ketgani haqida rivoyatlar yuradi. Ular, albatta, tarixiy haqiqatlarga asoslangan”, — deb yozadi xorijlik ekspertlar.

 

 

Ayni kunlarda arxeologlar Toʻraqoʻrgʻon tumanida joylashgan Axsikent yodgorligida tadqiqot ishlarini olib borayotgani qoʻshimcha qilingan.

 

 

“Devoriy suratlar va ganchkorlik buyumlari restavratorlar guruhi tomonidan taʼmirlanmoqda, ushbu buyumlar muzeyga qoʻyiladi”, — deyiladi xabarda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi yangiliklar

Barchasi

Jamiyat

12:37 / 05.06.2026 0 17
Dam olish kunlari havo keskin isishi kutilmoqda

Jamiyat

11:48 / 05.06.2026 0 18
Toshkentda Belgiya elchixonasi ochiladi

Jamiyat

11:22 / 05.06.2026 0 17
Chilonzorda ikkita yirik avtoturargoh quriladi

Jamiyat

10:39 / 05.06.2026 0 20
Bugundan OTM va texnikumlarga qabul boshlandi

Ko‘p o‘qilgan

Barchasi
112445
76026

//