Jamiyat
Davlat statistika qoʻmitasi Oʻzbekistonning 2022-yildagi asosiy demografik koʻrsatkichlarini taqdim qildi.
2022-yilda Oʻzbekistonda qayd etilgan nikohlar soni 296,7 mingtani tashkil etib, soʻnggi 5 yilda sezilarli kamaygani kuzatilgan.
Misol uchun, 2018 yilda 311,4 mingta, 2019 yilda 310,9 mingta, 2020 yilda 296,8 mingta, 2021 yilda 305,2 mingta nikoh qayd etilgan edi.
2022-yilda nikoh qurganlar shaharlarda 149,3 mingtani, qishloq joylarida 147,4 mingtani tashkil etdi.
Nikohlangan ayollarning oʻrtacha yoshi 22,3 yilni, erkaklarning oʻrtacha yoshi esa 26,5 yilni tashkil etgan. Nikohlarning eng koʻpi — 55,5 foizi 25 yoshgacha boʻlganlar orasida tuzilgan.
2022-yilda nikohdan ajralishlar soni 48,7 mingtani tashkil etib, soʻnggi 5 yilda sezilarli koʻpaygan. Misol uchun, 2018 yilda 32,3 mingta, 2019 yilda 31,4 mingta, 2020 yilda 28,2 mingta, 2021 yilda 39,3 mingta nikohdan ajralish qayd etilgan edi.
2022-yilda nikohdan ajralishlarning 30,2 mingtasi shaharda, 18,5 mingtasi qishloq joylarida yuz bergan.
Nikohdan ajrashganlarning oʻrtacha yoshi erkaklar uchun 39,2 yilni, ayollar uchun 33,1 yilni tashkil etgan. Nikohdan ajrashganlarning eng koʻpi — 50,5 foizi 35 yoshgacha boʻlganlarga toʻgʻri keladi.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q