Jamiyat
Statistika agentligi tomonidan taqdim qilingan O‘zbekistonning 2022-yildagi asosiy demografik ko‘rsatkichlarida qayd etilishicha, 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida doimiy yashash maqsadida 8,8 ming kishi xorijga ko‘chib ketgan.
Tahlillarga ko‘ra, bu ko‘rsatkich so‘nggi 5 yilda sezilarli kamaygan. Misol uchun, 2018-yilda 17,6 ming, 2019-yilda 13,2 ming, 2020-yilda 13,6 ming, 2021-yilda 20,1 ming kishi xorijga ketgan.
2022-yilda ko‘chib ketganlarning 4,1 ming nafari erkaklar, 4,7 mingi ayollardir.
“O‘zbekistondan xorijiy mamlakatlarga ko‘chib ketganlarning asosiy qismi Qozog‘iston (79,5 foiz), Rossiya (16,4 foiz), Qirg‘iziston (0,7 foiz), Tojikiston (0,5 foiz), Turkmaniston (0,3 foiz) va boshqa mamlakatlar (2,6 foiz) hissasiga to‘g‘ri kelgan”, — deyiladi agentlik axborotida.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2022-yilda xorijdan O‘zbekistonga 2,3 ming kishi ko‘chib kelgan bo‘lib, bu oxirgi 5 yilga nisbatan sezilarli kamaygan. Misol uchun, 2018-yilda 2,9 ming, 2019-yilda 2,5 ming, 2020-yilda 1,1, 2021-yilda 1,9 ming kishi O‘zbekistonga doimiy yashash uchun kelgan.
“2022-yil yanvar-dekabr oylarida xorijdan ko‘chib kelganlar soni 2,3 ming kishi bo‘lsa, shundan erkaklar 1,1 ming kishini, ayollar 1,2 mingtani tashkil etdi”, — deyiladi agentlik hisobotida.
O‘zbekistonga xorijiy mamlakatlardan ko‘chib kelganlarning asosiy qismi Rossiya (jami xorijdan ko‘chib kelganlarning 35 foizi), Qozog‘iston (32,8 foiz), Tojikiston (6,7 foiz), Qirg‘iziston (4,8 foiz), Turkmaniston (1,6 foiz) va boshqa mamlakatlar (19,1 foiz) hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q