Jamiyat
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ temir yo‘l orqali Afg‘onistonga yuk o‘tkazuvchi tadbirkorlarga murojaat bilan chiqib, bugun, 1-fevraldan boshlab Afg‘oniston temir yo‘lida harakatlar to‘xtalishini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Gʻalaba – Hayraton temir yo‘lidan foydalanishda 2022-yil 26-30-dekabr Termizda o‘tkazilgan muzokaralar davomida 2023-yilning 27-yanvariga qadar yangi shartnoma imzolanishiga kelishilgan.
Shuningdek, uchrashuv davomida tomonlar bajaradigan ishlar ro‘yxati ikki tomonlama hal qilinib, joriy yilning 27-yanvariga qadar yangi shartnoma imzolanishi belgilangan hamda tegishli bayonnoma imzolangan.
Ta’kidlanishicha, Afg‘oniston temir yo‘l boshqarmasi ushbu chora-tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshira olmayotganligi sababli, 2010-yilda qurilgan Hayraton–Mozori Sharif temir yo‘lidan fooydalanish vaqtincha to‘xtatilishi ma’lum qilingan.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q