Oʻzbek yigiti rejissor Emir Kusturitsaning kinofestivalida gʻolibi boʻldi

Saqlash
22:24 / 31.01.2023 1565 0

Butunrossiya Davlat Kinematografiya instituti Toshkent filiali talabasi Timur Murodov rejissor Emir Kusturitsaning “Küstendorf Film & Music Festival” kinofestivali gʻolibi boʻldi. 

 

Kinematografiya agentligi axborot xizmatining xabariga koʻra, kinofestival tanlov dasturida 30 dan ortiq davlatdan jami 374 ta film ishtirok etgan. 

 

““Kasseta” nomli qisqa metrajli filmi oltita nominatsiyalardan birida gʻolib chiqdi. Emir Kusturitsa ushbu mukofotni shaxsan oʻzi topshirdi va Timur Murodovga kino maktabi doirasida hamkorlikni taklif qildi” deyiladi xabarda.

 

Eslatib oʻtamiz, kuni kecha Emir Kusturitsaning qishlogʻida “Kasseta” filmining maxsus namoyishi boʻlib oʻtgan edi.

 

Taʻkidlanishicha, 2000-yillarning boshlarida Emir Kusturitsa oʻzining “Hayot moʻjizaga oʻxshaydi” (2004) filmini suratga olishni boshlaydi. Buning uchun kichik shaharcha Drvengrad etnik qishlogʻi barpo etilgan. Shaharchaning “Kustendorf” taxallusi esa bu yerda har yili oʻtkaziladigan kinofestivalni anglatadi. Timur Murodov ham aynan mana shu festivalga taklif qilingan. Kusturitsaning oʻzi bu maskanda  gastrollardan tashqari boʻsh vaqtini oʻtkazib, suratga olish bilan shugʻullanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//