Siyosat
Markaziy saylov komissiyasi Toshkent shahrining sobiq hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayevni Oliy Majlis Senati aʼzolari roʻyxatidan chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.
Qaror quyida toʻlaligicha taqdim etiladi:
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati aʼzosining maqomi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 16-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. Toshkent shahridan saylangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi Jahongir Abidovich Ortiqxoʻjayevning Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati sifatida vakolatlari muddatidan ilgari tugatilganligi munosabati bilan hamda Senat aʼzosi sifatida oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit qilish haqida bergan yozma arizasiga muvofiq uning senatorlik vakolati muddatidan ilgari tugatilgan deb hisoblansin.
2. Jahongir Abidovich Ortiqxoʻjayev Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolari roʻyxatidan chiqarilsin.
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga hamda xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashiga yuborilsin.
4. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.
Avvalroq uning deputatlik vakolati muddatidan avval tugatilgandi.
Eslatib oʻtamiz, Shavkat Mirziyoyev 16-yanvar kuni 2018-yil aprelidan buyon poytaxt hokimligini boshqarib kelgan Jahongir Ortiqxoʻjayev ishdan boʻshatilganini maʼlum qilgandi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q