Siyosat
Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev shahar kengashi deputatligi muddatidan oldin tugatildi. Tegishli qaror 27-yanvar kuni shahar kengashi tomonidan qabul qilingan. Bu haqda ikki mustaqil manba, jumladan, yigʻilishda qatnashgan deputatlardan biri “Gazeta.uz”ga maʼlum qilgan.
Qonunchilikka koʻra, senator va kengash deputati vakolat muddati davomida daxlsizlik huquqiga ega.
Jahongir Ortiqxoʻjayev 2020-yil yanvar oyida OʻzLiDeP partiyasidan 48-saylov okrugidan Kengash deputati, soʻngra besh yillik muddatga senator etib saylangan edi. Uning vakolat muddati 2025-yilning yanvarigacha hisoblangan.
Qonunga muvofiq, deputatning vakolatlari quyidagi hollarda muddatidan avval tugatiladi:
vakolatlarini tugatish toʻgʻrisidagi yozma ariza;
qonun hujjatlariga muvofiq deputatlik vakolatlarini amalga oshirishga toʻgʻri kelmaydigan lavozimga saylash yoki tayinlash;
sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganligi;
vakolati qaytarib olinishi;
sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilishi;
sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori asosida bedarak yoʻqolgan deb topish yoki vafot etgan deb eʼlon qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotganligi;
oʻlimi.
Alohida hollarda deputatning vakolatlari tegishli xalq deputatlari Kengashining qarori bilan muddatidan oldin tugatilishi mumkin. Bunday masalani koʻrib chiqish uchun deputatning yuqori martabasini obroʻsizlantiradigan xatti-harakatlar asos boʻlishi mumkin.
Maʼlum qilinishicha, sobiq hokimning oʻzi deputatlik vakolatlarini topshirish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilgan.
Shavkat Mirziyoyev 16-yanvar kuni 2018-yil aprelidan buyon poytaxt hokimligini boshqarib kelgan Jahongir Ortiqxoʻjayev ishdan boʻshatilganini maʼlum qilgandi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q