Jamiyat
Bugun, 18-may kuni respublika boʻylab baʼzi joylarda shamol tezligi 13−18 metr/sekundgacha kuchayadi. Bu haqda Oʻzgidromet xabar berdi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Surxondaryo viloyatlarining ayrim joylarida baʼzida 20−22 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkent shahrida shamol tezligi 10−12 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Kunduzi baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Fargʻona vodiysi viloyatlarida yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat +30…+35 daraja boʻladi.
Togʻ oldi va togʻli hududlarning baʼzi joylarida qisqa muddatli yomgʻir yogʻib, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7−12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15−20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat +20…+25 daraja boʻladi.
Ayni damda Xorazm viloyatining tuman va shaharlari hududida shamol tezligi 18-20 m/s gacha kuchaydi. Xiva, Tuproqqal’a, Xazorasp tumanlarida shamol tezligi 22 m/s gacha kuchaydi.
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Madaniyat
112313
Jamiyat
94985
Jamiyat
91109
Jamiyat
75873
Jamiyat
//
Izoh yo‘q