Madaniyat
Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumaniga xos bo‘lgan “G‘ijduvon kulolchilik buyumlari” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda Intellektual mulk agentligi xabar berdi.
G‘ijduvon kulolchilik maktabi asrlar davomida shakllangan noyob an’analari, tabiiy xomashyolardan foydalanishga asoslangan ishlab chiqarish texnologiyasi hamda o‘ziga xos naqsh va bezak uslublari bilan ajralib turadi. Mazkur kulolchilik yo‘nalishida 60 ga yaqin mahsulot turlari hamda 300 dan ortiq barqaror naqsh kompozitsiyalari avloddan-avlodga o‘tib kelmoqda.
Kulolchilik buyumlarini tayyorlashda mahalliy sof tuproq, rangli gillar, tabiiy bo‘yoqlar va ishqor siri kabi tabiiy xomashyolardan foydalaniladi. Buyumlarning och yashil, jigarrang va ko‘k rang uyg‘unligi, shuningdek, “Mehrobi”, “Parragul”, “Madohil”, “Lo‘ndagul”, “Guli bodom” va “Lolagul” kabi an’anaviy naqshlari ushbu maktabning o‘ziga xosligini namoyon etadi.
G‘ijduvon kulolchilik an’analarini uch asrlik tarixga ega Narzullayevlar sulolasi vakillari bugungi kungacha davom ettirib kelmoqda. Geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi mazkur mahsulot nomi, uning tarixiy an’analari va tayyorlash texnologiyasining huquqiy himoyasini ta’minlaydi hamda milliy hunarmandchilik brendini xalqaro miqyosda targ‘ib qilish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Madaniyat
Madaniyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
112313
Jamiyat
94985
Jamiyat
91109
Jamiyat
75873
Jamiyat
//
Izoh yo‘q