Madaniyat
Buxorodagi Poyi Kalon meʼmoriy majmuasini restavratsiya qilish bo‘yicha qo‘shma loyiha amalga oshiriladi. Ushbu majmua “Buxoroning tarixiy markazi” nomli Jahon merosi obyektining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Mazkur masala yuzasidan O‘zbekistonning UNESCOdagi doimiy vakolatxonasi vakillari hamda Butunjahon merosi markazi direktori Lazar Elundu Assomo, “CRATerre” assotsiatsiyasi vakili, meros obyektlarini saqlash bo‘yicha ekspert-arxitektor Sebastyen Morize bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
.jpg)
Poyi Kalonni restavratsiya qilish jarayonida xalqaro ilg‘or tajriba va zamonaviy usullardan foydalanish rejalashtirilmoqda. Majmuani uzoq muddatli saqlash maqsadida ko‘p yillik konservatsiya rejasi ishlab chiqiladi. Bunda mahalliy mutaxassislar jalb etilib, ularning restavratsiya, konservatsiya va madaniy merosni boshqarish sohalaridagi malakasi oshiriladi.
“CRATerre” va UNESCO Butunjahon merosi markazi vakillari O‘zbekistonga tashrif buyurib, Poyi Kalonning holatini joyida o‘rganib chiqadi, mahalliy mutaxassislar bilan maslahatlashadi, kadrlar tayyorlash tizimi bilan tanishadi hamda loyiha tafsilotlarini batafsil muhokama qiladi.
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
Madaniyat
112450
Jamiyat
95114
Jamiyat
91345
Jamiyat
76034
Jamiyat
//
Izoh yo‘q