Senator Ulugʻbek Fayziyev Qiziltepa tumani hokimi etib tayinlandi

Saqlash
19:07 / 13.11.2021 1353 0

Senator Ulugʻbek Gʻaniyevich Fayziyev Navoiy viloyati Qiziltepa tumaniga hokim etib tayinlandi, deya xabar berdi viloyat hokimligi matbuot xizmati. U Shabon Nabiyev oʻrnini egalladi.

 

Tayinlov 13-noyabr kuni viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Normat Tursunov ishtirokida xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida maʼlum qilingan. Tashkiliy masala koʻrib chiqilgan mazkur sessiya ishida Navoiy viloyati hokimi v.b. N.Tursunov soʻzga chiqib, tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Sh.Nabiyevni boshqa ishga oʻtganligi munosabati bilan vazifasidan ozod etish hamda tuman hokimi lavozimiga U.Fayziyevni tayinlash toʻgʻrisida qabul qilingan viloyat hokimining qarorini oʻqib eshittirgan.

 

Ulugʻbek Fayziyev bunga qadar Zarafshan Golden Group qurilish kompaniyasi asoschisi va rahbari sifatida faoliyat yuritgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//