O‘zbek tilidagi IT atamalari lug‘ati yaratildi

Saqlash
11:01 / 30.01.2023 1193 0

Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan mazkur kitob taqdimoti o‘tkazildi.

 

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hayotimizga jadal kirib kelayotgan bugungi kunda nafaqat mahsulot, balki xizmatni ham AKT orqali sotish va xarid qilish imkoni paydo bo‘lgan.

 

Mamlakatimizda ham AKTni jamiyatning barcha sohalariga joriy etish hamda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, fuqarolarning axborotga ortib borayotgan talab-ehtiyojini yanada to‘laroq qondirish, jahon axborot jamiyatiga kirish, jahon axborot resurslaridan foydalanishni kengaytirish uchun qulay shart-sharoit yaratilmoqda.

 

“Axborot texnologiyalari atamalarining izohli lug‘ati” kitobi yaratilishi ayni yo‘nalishdagi ishlarning davomi, – deyiladi xabarda.

 

Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan mazkur kitob taqdimoti o‘tkazildi.

 

Izohli lug‘atni yaratishdan ko‘zlangan asosiy maqsad AKT sohasi xodimlari, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari talabalari hamda barcha qiziquvchilar foydalanishi mumkin bo‘lgan terminologik bazani shakllantirish, qolaversa, AKT sohasida o‘zbek tilini joriy qilish imkoniyatini yanada kengaytirish hamda atamalarning nafaqat o‘zbek tilidagi ekvivalenti, balki ma’nodoshini ham to‘g‘ri, aniq tanlash imkonini yaratishdan iborat.

 

Alifbo tartibida joylashtirilgan 10 mingga yaqin atamani o‘z ichiga olgan ushbu lug‘at vazirlik hamda “Unicon.uz” DUK mutaxassislari tomonidan ishlab chiqildi.

 

Lug‘atni tuzishda texnikaga oid xorijiy adabiyotlar, ma’lumotnomalar, normativ hujjatlar, o‘quv qo‘llanmalari, Xalqaro elektr aloqa ittifoqi tavsiyalari hamda Internet materiallaridan foydalanildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish