OKMKda muhandislik maktabi tashkil etiladi

Saqlash
16:01 / 27.01.2023 1757 0

Sanoatda ishlab chiqarish hajmini oshirish, mavjud imkoniyatlar va yangi zaxiralarni safarbar etishda malakali kadrlar zaxirasini shakllantirish muhim ahamiyatga ega.

 

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida tashkil etilayotgan muhandislik maktabi ham sohada kadrlar zaxirasini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi. Kombinat tomonidan ushbu yo‘nalishda jahonning rivojlangan davlatlari AQSH, Isroil, Kanada va Janubiy Koreyaning muhandislar tayyorlash markazlari faoliyati o‘rganilib tahlil qilindi. Hozirgi kunda kon-metallurgiya sanoatida faoliyat yuritayotgan xodimlarga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqib mazkur maktabda geologiya, marksheyderlik ishi, konchilik ishi, boyitish, metallurgiya, mexanika, energetika, kon sanoati transportlari, avtomatlashtirish kabi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tinglovchilar o‘qitilishi rejalashtirilgan.  

 

 

Muhandislik maktabi 2023-yilning may oyidan o‘z faoliyatini boshlaydi. Nazariy ta’lim yangi pedagogik texnologiyalar asosida amaliyot bilan uyg‘unlashgan holda tashkil etiladi. Muhandislik maktabida mutaxassislar 6 oydan kam bo‘lmagan muddatda qayta tayyorlanadi. Bir o‘quv kursiga 150 nafar tinglovchi qabul qilinadi. Ta’lim 40 soat nazariy, 60 soat amaliy mashug‘ulotlar shaklida tashkil etiladi. Amaliyot jarayonlari bevosita korxonalardagi so‘ngi rusumdagi texnologik uskularda o‘tkaziladi. Yana bir ahamiyatli jihati, mazkur maktabda tinglovchilarga o‘quv darslarini dunyoning sanoati rivojlangan davlatlari o‘qituvchilari o‘tadi.  

 

Masalan, metallurg-texnologlar, rudalarni boyitish, mexanik-konstruktorlar, ishlab chiqarishni avtomatik boshqarish mutaxassislari uchun Finlyandiyadan, konchi-texnologlar, geologiya, marksheyderlik ishi mutaxassislari uchun esa Kanadadan o‘qituvchilar jalb etilishi rejalashtirilmokda. Shuningdek, og‘ir yuk tashuvchi avtotransport vositalari muhandislari, mexaniklar, rudalarni boyitish, energetika, mashinasozlik, ishlab chiqarishni avtomatik boshqarish mutaxassislarini o‘qitish uchun ham xorijdan o‘qituvchilar jalb etiladi.  

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish