Siyosat
Shavkat Mirziyoyevning Qirgʻizistonga davlat tashrifi doirasida oʻtkazilgan muzokaralar yakunida hujjatlarni imzolash va almashish marosimi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Qayd etilishicha, Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatidan yangi — keng qamrovli strategik sheriklik darajasiga olib chiquvchi deklaratsiyaga imzo chekdi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Davlat rahbarlari huzurida davlatlararo, hukumatlararo, idoralararo va hududlararo hujjatlar almashildi. Jami 25 ta hujjat imzolangan, shu jumladan:
Foto: Prezident matbuot xizmati
Vazirlik va idoralar oʻrtasida qishloq xoʻjaligi, energetika, bojxona, sanoatning ustuvor yoʻnalishlarini rivojlantirish, innovatsiyalar va ilmiy tadqiqotlar, yoshlarni qoʻllab-quvvatlash sohalarida hamkorlik toʻgʻrisida bitimlar, shuningdek, diplomatik munosabatlar oʻrnatilganining 30 yilligini nishonlash rejasi imzolandi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Shuningdek, Jizzax va Issiqkoʻl, Andijon va Oʻsh, Fargʻona va Botken, Namangan va Jalol-obod viloyatlari oʻrtasida hamkorlikni kengaytirish boʻyicha 2023-2025 yillarga moʻljallangan kompleks dasturlar imzolandi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q