Siyosat
Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov raisligida Oʻzbekiston va Qirgʻiziston rasmiy delegatsiyalari aʼzolari, qator vazirlik va viloyatlari rahbarlari ishtirokida kengaytirilgan tarkibda muzokaralar boʻlib oʻtdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, mazkur yigʻilishda tomonlar oʻzaro strategik sheriklikni chuqurlashtirish borasida birgalikda ishlashga qatʼiy intilishini bildirdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Shuningdek, Oʻzbekiston Prezidenti ikki mamlakat hududlari oʻrtasidagi sheriklik va toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni kengaytirish muhimligini taʼkidladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Muzokaralar chogʻida transport va logistika sohasidagi hamkorlik strategik ahamiyatga ega ekani qayd etildi. Xitoy—Qirgʻiziston—Oʻzbekiston temir yoʻlini qurish boʻyicha ishlarni faollashtirish, Andijon—Oʻsh—Irkishtom avtomobil yoʻlining salohiyatini toʻliq ishga solish, shu maqsadda qoʻshma transport-logistika kompaniyasini tashkil etishga kelishib olindi.
Jamiyat
Madaniyat
Siyosat
Sport
Jamiyat
Siyosat
112459
Jamiyat
95125
Jamiyat
91367
Jamiyat
76042
Jamiyat
//
Izoh yo‘q