Siyosat
Bishkekdagi “Ala-Archa” davlat qarorgohida Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov tor doirada uchrashuv o‘tkazdi.
Prezident matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, davlat rahbari taklif va samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, keyingi ikki yilda O‘zbekiston—Qirg‘iziston hamkorligi juda samarali rivojlanganini qayd etdi.
“Qirg‘iziston bizning muhim strategik hamkorimiz, eng yaqin qo‘shnimiz va vaqt bilan sinalgan do‘stimizdir”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Tomonlar oxirgi ikki yilda o‘zaro munosabatlarni mutlaqo yangi darajaga olib chiqishga erishgani ta’kidladi. Oʻzbekiston—Qirg‘iziston chegarasining delimitatsiyasi yakuniga yetkazilgani esa tarixiy voqea sifatida e’tirof etildi.
Muzokaralarda ikki tomonlama siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, suv-energetika va hududlararo hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Ikki mamlakat hukumatlariga savdo hajmini yanada oshirish va oʻzaro mahsulot yetkazib berish nomenklaturasini kengaytirish yuzasidan birgalikda ishlash boʻyicha topshiriq berildi.
Sanoat, toʻqimachilik, energetika, kon va qishloq xoʻjaligi sohalarida yangi qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi. Shu maqsadda Oʻzbekiston—Qirg‘iziston taraqqiyot fondining salohiyati yanada faol ishga solinadi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Davlat rahbarlari mintaqaviy tuzilmalar va xalqaro muloqot maydonlari doirasidagi hamkorlikni, Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlik, zamonaviy xatar va tahdidlarga samarali qarshi kurashish masalalarini ham muhokama qildi.
Tomonlar ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni bundan buyon ham davom ettirishga intilishini tasdiqladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q