Jamiyat
“Wizz Air” birinchi bor Toshkentga parvozlarni yoʻlga qoʻydi.
Maʼlum qilinishicha, 25-yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 10:33 da Vengriyaning “Wizz Air” aviakompaniyasining samolyoti Toshkentga kelib qoʻndi. Airbus A321 neo samolyoti Oʻzbekistonga yangi — Abu-Dabi — Toshkent — Abu Dabi parvoz yoʻnalishini ochdi. Ekipaj va yoʻlovchilar terminalda tantanali ravishda kutib olindi.
Toʻgʻridan-toʻgʻri muntazam reyslar A320/321 samolyotlarida haftasiga uch marta — dushanba, chorshanba va juma kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Ushbu yoʻnalishdagi chiptalar narxi bir tomonga 45 dollardan boshlanadi.
Eslatib oʻtamiz, 2022-yil dekabr oyidan boshlab “Wizz Air” Samarqand aeroportiga haftasiga ikki marta — seshanba va shanba kunlari parvozlarni amalga oshirib kelmoqda.
Wizz Air — 2003-yilda tashkil etilgan Vengriyaning arzon narxlardagi aviakompaniyasi. 2022-yil iyul holatiga koʻra Wizz Air aviaparki oʻrtacha yoshi 5,3 yil boʻlgan 141 ta Airbus samolyotidan iborat edi.
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
109771
Jamiyat
94143
Jamiyat
89946
Jamiyat
73140
Jamiyat
//
Izoh yo‘q