Birinchi Islom san’ati biyennalesida O‘zbekistonning tarixiy merosi namoyish etildi

Saqlash
19:55 / 25.01.2023 1203 0

23-yanvar kuni Jidda shahrida birinchi Islom san’ati biyennalesi ochildi. U Diriya Biyennale fondi tomonidan Saudiya Arabistoni Madaniyat vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Ishtirokchi davlatlar qatorida Mali, Misr, Tunis, Gretsiya, Ummon, Qatar, Ozarbayjon va O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan ko‘rgazma namunalari taqdim etilgan.

 

Tadbirning diqqat markazida o‘tmish, hozirgi va kelajak o‘rtasidagi aloqa bo‘ldi. Uni kuzatishga urinishlar Islom san’atida ma’naviyatni o‘rganishga asos bo‘ldi. Biyennalening asosiy mavzusi «Aual Bait» bo‘lib, arabcha «Birinchi uy» degan ma’noni anglatadi. Bu atama Qur’onda zikr etilgan va musulmonlar uchun muqaddas joy — Makkadagi Ka’baga nisbatan qo‘llanadi.

 

жидда, ислом san’ati biyennalesi

 

жидда, ислом san’ati biyennalesi

 

жидда, ислом san’ati biyennalesi

 

жидда, ислом san’ati biyennalesi

 

жидда, ислом san’ati biyennalesi

Foto: O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi matbuot xizmati

 

«O‘zbekiston boy va ko‘p qirrali tarixga ega bo‘lib, uning aksariyati Islom an’analari bilan chambarchas bog‘liq. Mamlakatimiz taqdim etgan saralangan eksponatlar jahon hamjamiyatini ularni o‘rganishga qiziqtirishga qaratilgan», — dedi fond ijrochi direktori Gayane Umerova.

 

Biyennaleda O‘zbekistonning Islom madaniyatini xalqaro jamoatchilikka keng yoritib beruvchi qadimiy o‘lka turmush tarzi va gazlama matolari jilosini o‘zida mujassam etgan 17 ta noyob muzey ashyosi taqdim etilgan.

 

Ko‘rgazma VIII asrga oid Katta Langar Qur’oni, X-XII asrlarga taalluqli Samarqand va Afrosiyob sopol ko‘za va kosalari, mashhur muhaddis al-Buxoriyning XVII asrga mansub «as-Sahih» kitobi nusxasi, buxorocha erkaklar to‘nlari, poyabzallar hamda boshqa buyumlardan iborat.

 

жидда, ислом san’ati biyennalesi

Foto: O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi matbuot xizmati

 

Ko‘rgazmadan tashqari, fond keng ko‘lamli ommaviy dastur tayyorladi, unda munozaralar, musiqiy chiqishlar, kulolchilik va so‘zana yaratish bo‘yicha mahorat darslari va saboqlari, shuningdek, kinofilmlar namoyish etildi. Ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilar an’anaviy cholg‘u asboblari jo‘rligida «O‘lim minorasi» (1924) ovozsiz filmi va «Al-Buxoriy» (1998) filmini tomosha qilishi mumkin.

 

Jiddadagi birinchi Islom san’ati biyennalesi 23-aprelgacha tashrif buyuruvchilarni qabul qiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//