Toshkent shahar YHXB haydovchilardan avtobuslarning erkin harakatlanishiga xalaqit bermaslikni soʻradi

Saqlash
20:32 / 20.01.2023 1970 0

Toshkent shahar IIBB YHXB haydovchilardan jamoat transport vositalarining erkin harakatlanishiga xalaqit bermaslikni soʻrab chiqdi.

 

Idoraning eslatishicha, yoʻnalishli transport vositalarining harakatlanishi uchun 5.9 (Yoʻnalishli transport vositalari uchun moʻljallangan boʻlak), 5.10.1 — 5.10.3 (Yoʻnalishli transport vositalari uchun boʻlagi bor yoʻl) yoʻl belgilari bilan ajratilgan tasmada boshqa transport vositalarining harakatlanishi va toʻxtashi taqiqlanadi.

 

Agar 5.9 yoʻl belgisi bilan belgilangan tasma qatnov qismining boshqa tasmalardan uzuq-uzuq chiziq bilan ajratilgan boʻlsa, burilmoqchi boʻlayotgan transport vositalari bu tasmaga qayta tizilishlari kerak.

 

“Shuningdek, bunday joylarda yoʻnalishli transport vositalarining harakatiga xalaqit bermaslik sharti bilan yoʻlga chiqish, qatnov qismining chetki oʻng tomonida yoʻlovchilarni chiqarish va tushirish uchun bu boʻlakka oʻtishga ruxsat etiladi. Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga amal qilishlarini soʻraymiz”, deyiladi xabarda.

 

Avvalroq IIV Jamoat xavfsizligi departamenti YHX boshqarmasi boshligʻi Fazlidddim Toshkenboyev soʻnggi uch kunda Toshkent shahridagi markaziy koʻchalar oʻrganib chiqilganini maʼlum qilgandi. Shunda u koʻngilsiz holatlarning oldini olish maqsadida inson omili cheklangan holda jamoat transportida har bir avtobuslarga videoregistratorlar oʻrnatish boʻyicha hozirgi kunda tadbirkorlar bilan muzokaralar olib borilayotganini aytgan edi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//