Tabiiy gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanish oqibatida, qariyb 546 mln. soʻmni oʻmargan shaxslar aniqlandi

Saqlash
17:01 / 20.01.2023 1945 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning bir qator hududlar boʻlimlari tomondan tabiiy gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etish ishlari amalga oshirilmoqda.

 

Unga koʻra, Zarbdor tumanida fuqaro B.D. “Z.p.” MChJga qarashli parrandachilik binosini hech qanday shartnoma va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarsiz oʻzboshimchalik bilan yuqori bosimli gaz tarmogʻiga ulab, 376,9 ming kub metr tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi oqibatida, davlat va jamiyat manfaatlariga 248,8 mln. soʻm zarar yetkazganligi aniqlangan.

 

Shuningdek, Toshkent tumani “X.” MFYda yashovchi M.A. raqamsiz uyda joylashgan issiqxonani oʻzboshimchalik bilan gaz tarmogʻiga ulab, 154,9 ming kub metr tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi oqibatida, davlat va jamiyat manfaatlariga 154,9 mln. soʻm zarar yetkazganligi aniqlangan.

 

Bundan tashqari, Buxoro viloyatida “R.t.” MChJ rahbari Z.A. korxonaga qarashli issiqxonaning gaz tarmogʻi nazorat tamgʻasini buzib, 141,6 ming kub metr tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi oqibatida, davlat va jamiyat manfaatlariga 141,6 mln. soʻm zarar yetkazganligi aniqlangan.

 

Maʼlum qilinishicha, Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) va 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//