Iqtisod
Yil boshidan buyon Oʻzbekistonda AI-80 markali benzinining har bir tonnasi uchun 5 700,2 ming soʻmdan 9 302,8 ming soʻmgacha, yaʼni 63,2% ga oʻsgan, deya xabar bermoqda “OʻzRTXB” AJ axborot xizmati.
Birja savdolariga qoʻyilayotgan mazkur markali benzinning aksariyat qismi, yaʼni 84% Buxoro neftni qayta ishlash zavodi hissasiga toʻgʻri keladi.
Koʻrib chiqilayotgan davrda mazkur markali benzinning boshlangʻich bahosi oʻrtacha 70 foizga oʻsib, mahsulotning bir tonnasi uchun 10 005,0 ming soʻmni tashkil qilmoqda.
Shu bilan birga, narxlarning koʻtarilishi jahon birjalarida ham kuzatilmoqda. Xususan, Brent markali neftning jahon bozorlardagi narxi joriy yilning boshiga nisbatan oʻrtacha 60-70 foizga oʻsgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q