 
                   
                    Madaniyat
Kecha, 11-noyabr kuni Istanbulda Turk dunyosi birinchi xalqaro kinokonferensiyada O‘zbekiston kinosanoatida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Konferensiya "Korkut ota" Turkiy mamlakatlar kinofestivali doirasida o‘tkazildi.
Ozarbayjon kinematografiya departamenti rahbari Rufat Gasanov kinofestival haqida o‘z fikrlarini bildirdi:
– Bir oy avval biz O‘zbekistonda katta delegatsiya bilan “Ipak yo‘li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivalida bo‘ldik. Mukofot ham oldik. Kinematografiya agentligi bilan “Xo‘ja Nasriddin” kinoloyihasi yuzasidan o‘zaro hamkorlikdagi memorandumini imzoladik. Bu loyihaning muallifi Ozarbayjon xalq artisti Vagif Mustafayev. Umid qilamizki, bu loyiha nafaqat O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida, balki butun turkiy davlatlar o‘rtasidagi qaldirg‘och bo‘ladi.
Firdavs Abduxoliqov, O‘zbekiston Kinematografiya agentligi Bosh direktori:
– Turkiy davlatlarning mazkur kinofestivalida o‘zbek kinoijodkorlari delegatsiyasi faol ishtirok etmoqda. Biz shunchaki bu jarayonning tomoshabini emas, balki faol ishtirokchisi bo‘ldik. Alohida ta’kidlash kerakki, bunday festivallar Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Ozarbayjon va boshqa mamlakatlarda ham o‘tkazilishi quvonarli.
O‘zbekiston kinosanoati, VGIK filialining ochilishi, kinomuzey va kinofondning ochilishi va boshqa yangiliklarni, shuningdek, afsonaviy “O‘zbekfilm” kinostudiyasining rekonstruksiya qilingani hamda boshka muhim ma’lumotlar festival ishtirokchilarida juda katta qiziqish uyg‘otdi.
Eslatib o‘tamiz, Turkiyada o‘zbek kinosi kunlari bo‘lib o‘tmoqda. Unda Rashid Malikovning "Tutqunlik" filmi namoyish etildi. Shuningdek, "Ilhaq" hamda "Xalq jasorati" filmlari Turkiya telekanallarida efirga uzatiladi.
 
                  Jamiyat
 
                  Siyosat
 
                  Jamiyat
 
                  Jamiyat
 
                  Siyosat
 
                  Jamiyat
 109646
             109646
          Jamiyat
 94031
             94031
          Jamiyat
 89796
             89796
          Jamiyat
 72957
             72957
          Jamiyat
//
Izoh yo‘q