Siyosat
Prezident huzurida energiya resurslari taʼminoti yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Shu bilan birga, bugungi kundagi muammolarda tizimsiz ishlash, energoresurslarni talon-toroj qilish holatlari ham sabab boʻlayotgani koʻrsatib oʻtildi.
Xususan, oʻtgan bir oyda elektrga 5 mingta, gazga 4,5 mingta noqonuniy ulanishlar aniqlangan.
«Elektr va gaz tarmoqlarida talon-torojlik boʻlganini, tuman hokimlari va sektor rahbarlari, elektr va gaz idoralari boshliqlari bilmasmi-di?», - deya savol qoʻydi davlat rahbari.
Oxirgi oylarning oʻzida neftegaz va energiya nazorati tizimlarida 192 ta korrupsiya holatlari aniqlangani ham tizim ichidan yemirilganidan dalolat beradi.
DXX va Bosh prokuraturaga tizimdagi korrupsiyani yoʻq qilish boʻyicha alohida choralar koʻrish topshirildi.
Prezident energetika va kommunal tizimlarda yuzaga kelgan ahvolni inobatga olib Singapurga tashrif davomiyligi 3 kundan 1 kunga qisqartirilishini taʼkidladi.
Ushbu mamlakatning korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi qimmatli tajribasini oʻrganish lozimligi, qolaversa, ushbu davlatdan 4,7 milliard dollargacha qoʻshimcha investitsiya jalb qilish rejalashtirilgani uchun ham bu tashrif muhim ahamiyatga ega. Xususan, samarasiz ishlayotgan davlat korxonalarini xususiylashtirishga ham investitsiyalar jalb qilinadi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q