Siyosat
Toshkent shahrining ayrim tumanlarida isitish tizimida muammolar kuzatilmoqda. Bu haqda Veolia Energy Tashkent MCHJ axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, sovuq ob-havo sababli issiqlik tashuvchining (issiq suv taʼminoti va isitish) parametrlari pasaygan, bu esa shaharda gaz bosimi pasayishi bilan bogʻliq holat hisoblanadi.
“Shaharning baʼzi tumanlari aholisi Veolia Energy Tashkent MCHJga murojaat qilib, issiqlik taʼminotidagi muammolar toʻgʻrisida xabar bermoqda. Krizis holatlarni yengib oʻtish va shahar aholisini hamda ijtimoiy ahamiyatga ega infratuzilmalarni issiqlik taʼminoti bilan taʼminlash uchun energoresurslar yetkazib beruvchilar bilan Veolia Energy Tashkent MCHJ XK mutaxassislari kechayu kunduz ishlamoqda”, — deyiladi xabarda.
Gaz taʼminoti korxonalari — ayrim yirik ishlab chiqarish korxonalariga tabiiy gaz yetkazib berish hajmlarini qisqartirish va aholi, elektr hamda issiqlik ishlab chiqaruvchi korxonalar (“Toshkent issiqlik markazi” DUK, “Toshkent IES” AJ va Veolia Energy Tashkent MCHJ XK) va ijtimoiy soha obyektlariga tabiiy gazni birinchi navbatda yetkazib berish choralarini koʻrmoqda.
Issiqlik ishlab chiqaruvchi korxonalar — shahar issiqlik energiyasining 90 foizini ishlab chiqaradigan issiqlik markazlarining samaradorligini saqlab qolish, gidravlik rejimning yomonlashuviga yoʻl qoʻymaslik uchun berilayotgan issiqlik energiyasi bosimini tiklashga harakat qilayotgani aytib oʻtilgan.
Elektr taʼminoti korxonalari — Veolia Energy Tashkent MCHJ XKga qarashli ijtimoiy soha obyektlari boʻlgan va shahar issiqlik energiyasining 10 foizini ishlab chiqaradigan maxalliy qozonxonalarni uzluksiz issiqlik energiyasi bilan taʼminlash uchun ish olib borilayotgani taʼkidlangan.
“Sovuq ob-havo mavsumida zarur sifatga ega boʻlmagan issiqlik energiyasini yetkazib berish uchun toʻlovlar amaldagi qonunchilik meʼyorlari va qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi”, deyiladi xabarda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q