Jamiyat
O‘zbekistonda Afg‘oniston orqali Hind okeaniga chiqadigan temir yo‘l qurish loyihasi ilgari surildi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 12-yanvar kuni Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi raisligida onlayn shaklda o‘tkazilgan “Global Janub ovozi” sammiti yalpi majlisida qayd etdi.
Ta’kidlanishicha, Afg‘oniston orqali Hind okeaniga chiqadigan temir yo‘l “Shimol-Janub” xalqaro yo‘lagi doirasida amalga oshirilib, Markaziy va Janubiy Osiyo o‘zaro bog‘liqligini kuchaytirishga qaratiladi.
O‘zbekiston yetakchisi hamkorlarni ushbu muhim loyihada ishtirok etishga chaqirdi.
Shuningdek, global miqyosda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida Mirziyoyev O‘zbekiston ilgari surayotgan Afg‘oniston muammosini hal etish bo‘yicha xalqaro muloqot guruhini shakllantirish taklifini qo‘llab-quvvatlashga ham chorladi.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yil boshida O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston yangi transport yo‘lagi: Termiz – Mozori-Sharif – Qobul – Peshovar bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni imzolagan edi.
U Yevropa Ittifoqini, Rossiyani Markaziy Osiyo davlatlari, shuningdek, Hindiston va Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari bilan bog‘lashi kerak.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Siyosat
112126
Jamiyat
94811
Jamiyat
90861
Jamiyat
75656
Jamiyat
//
Izoh yo‘q