Bog‘chalarning barcha xodimlari ta’til kunlari ham ishda bo‘lishi kerak – Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

Saqlash
21:06 / 11.01.2023 1794 0

Qo‘shimcha ta’til kunlarida maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyat yuritishiga ruxsat berish hududiy hokimlar zimmasiga yuklatilgandi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot xizmati hokimlik ruxsat bermagan bog‘chalarda ham barcha xodimlar ish faoliyatini doimgidek davom ettirishi kerakligini ma’lum qildi.

 

Ta’kidlanishicha, berilgan qo‘shimcha ta’til davrida maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari o‘z o‘rnida bo‘ladi. Shuningdek, boshqa xodimlar ham o‘z ish o‘rinlarida bo‘lishi kerak (oshpazlar bundan mustasno).

 

«Tashkilotning pedagog kadrlari, ta’til kunlaridan unumli foydalangan holda, o‘zining yo‘nalishi bo‘yicha qo‘llanmalar, o‘qitishning yangi uslublari, yangi didaktik, harakatli o‘yinlar ustida ishlashi lozim bo‘ladi.️ Tizim bo‘yicha e’lon qilingan qo‘shimcha ta’til kunlari faqat tarbiyalanuvchilar uchundir», — deyiladi xabarda.

 

Vazirlik o‘sha tizimda kuzatiladigan kamchiliklarga hokimlik javobgarligini eslatib, ularning nazoratidan yaxshi o‘tgan bog‘chalargina ish faoliyatini yuritishi mumkinligini qayd etdi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//