Jahon
Jahon adabiy maydonidagi mashhur Servantes mukofoti bu yil urugvaylik Kristina Peri Rossiga nasib qildi. “Uning asarlari XX asrdagi surgunlik va siyosiy mojarolarni doimo eslatib turishi hamda Ispan va Lotin Amerikasi o‘rtasidagi ko‘prik bo‘lib qolishi kerak” deb qayd etdi hakamlar hay’ati.
Kristina Peri Rossi 1941-yilda tug‘ilgan. Ispaniyada jurnalistika, tarjimonlik va yozuvchilik bilan shug‘ullanadi. U siyosiy sabablarga ko‘ra ikki marta qochqinlikni boshdan kechirgan. Ayol jinsiy zo‘ravonlikka qarshi hamisha kurashib kelgan. 1984-yilda yozilgan “Ahmoqlar marjoni” asari mashhur.
Servantes mukofoti har yili ispanzabon yozuvchilarga beriladi. Mukofot qiymati 125 ming yevro. Pandemiya tufayli taqdirlash marosimi onlayn o‘tkazilmoqda.
Bu mukofotga mashhur adib Borxes ham sazovor bo‘lgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q